Shuhratbek Qurbonov “Humo” to‘lov tizimi rahbari lavozimidan ketdi

Uning o‘rniga “Oktobank” rahbarining sobiq o‘rinbosari Maksimov Aleksey tayinlandi

Shuhratbek Qurbonov “Humo” to‘lov tizimi rahbari lavozimidan ketdi

“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO) aksiyadorlarining navbatdagi yig‘ilishida jamiyatning amaldagi raisi vakolatlarini muddatidan oldin tugatish va jamiyatning yangi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqdi. Bu haqdagi ma’lumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi

To‘lov tizimiga u tashkil topgan vaqtdan (2019-yildan) beri Shuxratbek Kurbanov rahbarlik qilib kelgan. 

Uning o‘rniga Maksimov Aleksey Yuryevich tayinlandi. Maksimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yil sentabr oyidan buyon “Octobank” AK boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq, “HUMO” to‘lov tizimi $65 mlnga sotilgani, uning ochiq savdo jarayonlarida “Paynet” AJ g’olib bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li rejalashtirilgan muddatdan ikki yil oldin qurib bitkazilishi mumkin
/
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li rejalashtirilgan muddatdan ikki yil oldin qurib bitkazilishi mumkin
14-noyabrdan yuk mashinalari uchun Toshkent shahriga kirishi taqiqlanadi
/
14-noyabrdan yuk mashinalari uchun Toshkent shahriga kirishi taqiqlanadi
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori narxlar va bitimlar soni bo‘yicha o‘sish sur’atlari tezlashdi
/
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori narxlar va bitimlar soni bo‘yicha o‘sish sur’atlari tezlashdi