Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan ommaviy ravishda pul yechib olindi

Markaziy bank hozirda barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilganini va tezkor tekshiruv ishlari boshlanini xabar qildi

Humans ilovasiga ulangan bank kartalaridan ommaviy ravishda pul yechib olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga biriktirilgan bank kartalaridan foydalanuvchilarning ruxsatisiz pullar yechib olingani haqidagi xabarlar tarqaldi. Markaziy bank holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqarolar tomonidan Humans ilovasi orqali mablag‘lar yechib olingani haqida murojaatlar Markaziy bankka 8-dekabr kuni soat 08:30 atrofida kelib tushgan. Ushbu holat yuzasidan Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida Octagram AJ (Paylov – savdo belgisi) bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash va ehtimoliy zaiflikni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. 9-dekabr holatiga ko‘ra Humans mobil ilovasi orqali “Octagram” AJ tomonidan olib borilayotgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Uzcard va Humo kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lov va o‘tkazmalar odatiy tartibda ishlamoqda. Kartalardan boshqa bank va to‘lov tashkilotlari ilovalarida foydalanish imkoniyati ham saqlanib qolgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik to‘liq o‘rganilmoqda.Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi, deyiladi Markaziy bank xabarida.

“Humans” MCHJ bankrot deb topilgan

Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 14-oktabrdagi qarori bilan “Humans” MCHJ bankrot deb topilgan. Korxona faoliyati 2025-yil 4-noyabr kuni tugatilgan. “Humans” MCHJning faoliyat turi simsiz aloqa xizmatlari ko‘rsatish bo‘lib, yagona muassisi “Humans Companies” AJ hisoblanadi.

​2025-yil yozida Octobank Humans’ni sudga berib, undan 500 mlrd so‘m moliyaviy zararni undirish bo‘yicha sudda yutib chiqqandi. “O‘zbektelekom” ham Humans katta miqdorda qarzdorlikni to‘lamasdan kelganini ma’lum qilgandi. Shu munosabat bilan mavjud qarzdorlikni undirish va kelgusida kompaniyaga zararni kamaytirish maqsadida tegishli sudga daʼvo arizasi kiritilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Telegramda Wallet xizmati ishga tushirildi
/
O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Telegramda Wallet xizmati ishga tushirildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk poyezdlar almashinuvini sutkasiga 35 juftgacha oshiradi
/
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk poyezdlar almashinuvini sutkasiga 35 juftgacha oshiradi
Netflix Warner Bros.’ni $72 mlrdga sotib olmoqda
/
Netflix Warner Bros.’ni $72 mlrdga sotib olmoqda