“O‘zbekneftgaz” futbol klublariga homiylikni to‘xtatadi

“Nasaf”, “Buxoro” va “Bunyodkor” asosiy moliyaviy manbadan ayriladi

“O‘zbekneftgaz” futbol klublariga homiylikni to‘xtatadi

“O‘zbekneftgaz” AJ O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yo‘llab, o‘z tasarrufidagi futbol klublarini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, kompaniya homiyligida bo‘lgan “Nasaf”, “Buxoro” va “Bunyodkor” futbol klublari asosiy homiylik mablag‘laridan mahrum bo‘ladi.

Mazkur o‘zgarish avvalroq qabul qilingan davlat rahbarining tegishli farmoyishiga asoslanadi. Hujjatga muvofiq, davlat korxonalari prezident qarorlari va topshiriqlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari boshqa barcha vaziyatlarda homiylik yordamini ko‘rsatishni to‘xtatishi belgilangan.

Shu tariqa, davlat korxonalarining homiylik faoliyati qat’iy tartibga solinadi hamda mablag‘lar faqat rasmiy tasdiqlangan loyihalarga yo‘naltirilishi nazorat ostiga olinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi