Gunvor “Lukoyl”ning xalqaro aktivlarini sotib olishdan voz kechdi

Mazkur qaror AQSH Moliya vazirligining Kreml bilan aloqasi haqidagi bayonotidan so‘ng qabul qilingan

Gunvor “Lukoyl”ning xalqaro aktivlarini sotib olishdan voz kechdi

Shveysariyaning Gunvor savdo kompaniyasi AQSh Moliya vazirligi bayonotidan keyin Rossiyaning “Lukoyl” neft kompaniyasining xalqaro aktivlarini sotib olish taklifini qaytarib oldi.

Prezident Donald Tramp urush zudlik bilan tugashi kerakligini aniq-tiniq bayon etdi. Vladimir Putin bema’ni qotilliklarni davom ettirar ekan, Kreml qo‘g‘irchog‘i — Gunvor hech qachon ishlash va foyda olish uchun litsenziya olmaydi, — deyiladi AQSh Moliya vazirligining X`dagi rasmiy akkauntida e’lon qilingan xabarda.

Bunga javoban Gunvor AQSh idorasining bayonotini “tamomila noto‘g‘ri va yolg‘on” deb atadi.

Gunvor kompaniyasi har doim mulkchilik va biznes tuzilmasi masalalarida ochiq va shaffof harakat qilgan va o‘n yildan ortiq vaqt davomida Rossiyadan faol ravishda uzoqlashdi: sanksiyalarga muvofiq savdoni to‘xtatdi, Rossiya bilan aloqador aktivlarini sotdi va Ukrainadagi urushni omma oldida qoraladi.

Biz bu anglashilmovchilikni bartaraf etish va vaziyatga oydinlik kiritish imkoniyatini mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Ayni paytda Gunvor “Lukoyl”ning xalqaro aktivlarini sotib olish bo‘yicha taklifini qaytarib olmoqda, — deyiladi kompaniya xabarida.

Avvalroq “Lukoyl” AQSh Rossiya energetika kompaniyasiga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilganidan keyin Gunvorning xorijiy aktivlarni sotib olish bo‘yicha taklifini qabul qilganini bildirgandi. Bitim 21-noyabr kuni “Lukoyl” rasman sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishidan oldinroq AQSh Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishi kerak edi.

Yevropada “Lukoyl” aktivlariga Bolgariya va Ruminiyadagi ikkita neftni qayta ishlash zavodi, Niderlandiyadagi yonilg‘i terminalidagi 45% ulush, shuningdek, 2000 ga yaqin yonilg‘i quyish shoxobchasi kiradi. Kompaniya Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Iroq, Kamerun, Nigeriya, Gana va boshqa mamlakatlarda ham faoliyat yuritadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
/
Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
/
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi