Qoraqalpog‘istonda 25 mlrd so’mlik gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi loyiha amalga oshiriladi

Loyihaning umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etadi

Qoraqalpog‘istonda 25 mlrd so’mlik gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi loyiha amalga oshiriladi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida “Lider Gips” loyihasi doirasida gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda respublika matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko’ra, investitsiyalar hajmi 25,5 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan $1,8 mlni xorijiy kredit asosida shakllantirilgan. 

Loyihaning umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etib, ishga tushirilishi natijasida 18 ta ish o‘rni yaratiladi.

Ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 2 mln kvadrat metr gipsokarton ishlab chiqariladi.

Bundan oldin, Qoraqalpog’istondagi Dovut-ota chegara postida bojxona terminali ishga tushishi haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nasiyaga sotib olingan mahsulot qiymatiga 44,3% gacha ustama qo‘shiladi
/
Nasiyaga sotib olingan mahsulot qiymatiga 44,3% gacha ustama qo‘shiladi
O‘zbekistonda dollar kursi yana tusha boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana tusha boshladi
Prezident yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi vaziyatni tanqid qildi
/
Prezident yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi vaziyatni tanqid qildi