O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada 

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh berdi

O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada 

O‘zbekiston hududida 2009-yilgacha emissiya qilingan eski namunadagi $100 lik banknotlar banklar tomonidan sotish va sotib olish amaliyotida hech qanday muammosiz qabul qilinmoqda. Bu haqida Markaziy bank rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Xabarda barcha davlatlarda ushbu banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi maqomi o‘zgarmaganligini ta’kidlab o‘tilgan. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etiladi. Agar tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari tomonidan eski namunadagi $100 lik kupyuralarni qabul qilishda muammolarga duch kelsangiz, Markaziy bankning “Ishonch telefoni” (71 200-00-44) yoki hududiy boshqarmalarga murojaat qilish mumkin.

O‘z navbatida, Markaziy bank bu borada vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishini ma’lum qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nasiyaga sotib olingan mahsulot qiymatiga 44,3% gacha ustama qo‘shiladi
/
Nasiyaga sotib olingan mahsulot qiymatiga 44,3% gacha ustama qo‘shiladi
O‘zbekistonda dollar kursi yana tusha boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana tusha boshladi
Prezident yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi vaziyatni tanqid qildi
/
Prezident yo‘l infratuzilmasi va transport boshqaruvi sohasidagi vaziyatni tanqid qildi