O’zbekiston elektrotexnikani rivojlantirish uchun $1 mlrd ajratdi

Natijada 762 ta yangi korxona ochildi va 45 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish boshlandi

O’zbekiston elektrotexnikani rivojlantirish uchun $1 mlrd ajratdi

Prezidentimiz rahnamoligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni kengaytirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O’zbekistonda so’nggi yetti yil ichida yaratilgan imkoniyatlar tufayli sohaga $1 mlrd sarmoya kiritildi. Natijada 762 ta yangi korxona ochildi va 45 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish boshlandi. Ishlab chiqarish hajmi 1,8 baravarga oshdi, yillik daromadi 100 mlrd so’mdan ortiq bo’lgan korxonalar soni 6 tadan 25 tagacha oshdi. 

Ushbu tarmoq korxonalaridan byudjetga tushumlar 8 baravar oshdi. So’nggi uch yil ichida mahsulotimizni eksport qiladigan mamlakatlar soni ikki baravar ko’payib, 62 taga yetdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li rejalashtirilgan muddatdan ikki yil oldin qurib bitkazilishi mumkin
/
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li rejalashtirilgan muddatdan ikki yil oldin qurib bitkazilishi mumkin
14-noyabrdan yuk mashinalari uchun Toshkent shahriga kirishi taqiqlanadi
/
14-noyabrdan yuk mashinalari uchun Toshkent shahriga kirishi taqiqlanadi
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori narxlar va bitimlar soni bo‘yicha o‘sish sur’atlari tezlashdi
/
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori narxlar va bitimlar soni bo‘yicha o‘sish sur’atlari tezlashdi