Raqobat qo‘mitasi elektron tijorat sohasida 7,3 mlrd so‘mni fuqarolarga qaytarilishini ta’minladi

2025-yildagi 3,1 mingga yaqin murojaatlardan qariyb 85% holatda iste’molchilar huquqlari tiklangan

Raqobat qo‘mitasi elektron tijorat sohasida 7,3 mlrd so‘mni fuqarolarga qaytarilishini ta’minladi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil davomida elektron tijorat sohasiga oid qariyb 3,1 mingta murojaat kelib tushgan. Tahlillar natijasida e’tirozlarning asosiy qismi ayrim yirik onlayn platformalar faoliyati bilan bog‘liq ekani aniqlangan.

Eng ko‘p murojaatlar Uzum Market — 851 ta (27,8%) va Uzum Nasiya — 842 ta (27,6%) xizmatlariga tegishli bo‘lgan. Shuningdek, Yandeks — 329 ta (10,8%), Texnomart — 168 ta (5,5%), Ishonch — 166 ta (5,4%), Alif shop — 150 ta (4,9%), Uzum Tezkor — 115 ta (3,8%), Openshop.uz — 56 ta (1,8%), ZoodMall — 54 ta (1,8%) hamda IDEA — 46 ta (1,5%) murojaat bilan qayd etilgan.

O‘rganish jarayonida iste’molchilar huquqlariga rioya etilish darajasi baholanib, xizmat ko‘rsatishdagi ayrim kamchiliklar aniqlangan. Xususan, shartnoma shartlari, kafolat muddati doirasidagi servis muammolari, nuqsonli tovarlarni almashtirish, reklamadagi noto‘g‘ri ma’lumotlar, yetkazib berish xizmati hamda kredit asosida sotib olingan mahsulotlarni qaytarish bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.

Natijada murojaatlarning qariyb 84,8%ida iste’molchilar huquqlari tiklangan. O‘rganishlar yakunida huquqlari buzilgani aniqlangan 9,6 mln nafar iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun jami 7,3 mlrd so‘m mablag‘ fuqarolar foydasiga qayta hisoblab berilishi ta’minlangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sport sohasini boshqarishga biznes vakillarini jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Sport sohasini boshqarishga biznes vakillarini jalb etish rejalashtirilmoqda
Videokuzatuv tizimisiz yangi qurilish loyihalari ekspertizadan o‘tkazilmaydi
/
Videokuzatuv tizimisiz yangi qurilish loyihalari ekspertizadan o‘tkazilmaydi
Soliq qo‘mitasi xorijiy kompaniyalar solig‘i haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
/
Soliq qo‘mitasi xorijiy kompaniyalar solig‘i haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi