O’zbekiston 10 oyda qiymati $202,7 mlnga teng elektromobil import qildi

Eng ko‘p import qilgan mamlakat — Xitoy

O’zbekiston 10 oyda qiymati $202,7 mlnga teng elektromobil import qildi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati $202,7 mlnga 20 190 ta elektromobil import qilgan. 

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 730 taga oshgan.   

10 oy davomida O‘zbekiston Xitoyga 20,082 mingta elektromobil import qilib eng yuqori ko‘rsatgichni qayd etgan.

Keyingi o‘rinlarda: 

  • Qozog‘iston — 51 ta elektromobil;
  • Gonkong — 17 ta elektromobil;
  • Germaniya — 14 ta elektromobil; 
  • BAA — 10 ta elektromobil; 
  • AQSH — 10 ta elektromobil.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston yanvar-dekabr oylarida 5,9 mln tonna sement sotgan
/
O‘zbekiston yanvar-dekabr oylarida 5,9 mln tonna sement sotgan
Xitoy 2024-yilda 400 mingdan ortiq foydanilgan avtomobilni eksport qilgan
/
Xitoy 2024-yilda 400 mingdan ortiq foydanilgan avtomobilni eksport qilgan
Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi
/
Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi