Dividendlar nima: u qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi

Dividendlar — bu shunchaki qo‘shimcha pul emas, balki investorlar uchun ancha ko‘p imkoniyatlar beradi

Dividendlar nima: u qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi

Dividendlar — bu barqaror daromad manbai bo‘lib, moliyaviy ishonchni mustahkamlash va kapitalni ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Dividendlar — bu murakkab emas

Moliya va investitsiya dunyosida bir qarashda murakkab tuyuladigan ko‘plab atamalar mavjud. Shunday atamalardan biri — bu dividend. Dividend nima o‘zi va nima uchun bu tushuncha investorlar uchun shunchalik muhim?

Masalan: sotuvchi bozorda olma sotmoqda. U mahsulot xarid qiladi, ijara va soliq to‘laydi. Olmani yuqoriroq narxda sotadi va daromad bilan xarajatlar o‘rtasidagi farq — uning foydasi bo‘ladi.

Bir kuni u ikkinchi savdo nuqtasini ochishga qaror qiladi va buning uchun sherik topadi — sherik esa bu kengayish uchun mablag‘ kiritadi. O‘tgan vaqt mobaynida yangi savdo nuqtasi ishlaydi, sotuvchi daromad, xarajat va foydani hisoblab chiqadi. Keyin esa bu foydani o‘zaro taqsimlaydi. Ana shu sherik oladigan foyda ulushi — bu dividend deb ataladi.

Muntazam daromad va o‘sish imkoniyati: dividend investor uchun nimani anglatadi?

Dividendlar — bu shunchaki qo‘shimcha pul emas. Ular investorlar uchun ancha ko‘p imkoniyatlar taqdim etadi. Dividend orqali nafaqat doimiy daromad olish, balki bu mablag‘ni oqilona boshqarib, kapitalni bosqichma-bosqich ko‘paytirish mumkin.

Avvalo, bu — barqaror va ishonchli daromad. Bu to‘lovlarni kundalik xarajatlarga sarflash, jamg‘arish yoki aniq maqsadlarga yo‘naltirish mumkin — masalan, ta’lim to‘lovi, safar yoki boshqa rejalar. Bu aktiv ishlamasdan daromad olishning qulay usuli.

Yana bir qadam oldinga yurish mumkin — dividendni qayta investitsiya qilish orqali. Ya’ni olingan dividendlarni yana investitsiyaga yo‘naltirish. Bunday yondashuv qayta investitsiya deb ataladi. Bu orqali sarmoyani bosqichma-bosqich oshirib borish mumkin — har safar maoshdan mablag‘ ajratmasdan yoki yangi boshlang‘ich kapital izlamasdan.

Vaqt o‘tgan sari daromad ham ortib boradi — chunki nafaqat dastlabki sarmoyadan, balki keyinchalik qo‘shgan mablag‘lardan ham foyda olinadi.

Muhimi — bu jarayon chuqur moliyaviy bilimlarni talab qilmaydi. Eng asosiysi — ishonchli kompaniyani tanlash va daromadni qanday boshqarishni tushunish: sarflash, jamg‘arish yoki yana investitsiya qilish kerak. Shu sababli dividendlar — barqarorlikni qadrlaydigan va kelajakda moliyaviy o‘sishni istovchilar uchun ayni muddaodir.

Oddiy yechim — ishonchli natija

Dividendlarning yana bir afzalligi — bu moliyaviy ishonch hissini ta’minlaydi. Ishonchli kompaniyaga sarmoya kiritilgan taqdirda, investor belgilangan muddatlarda barqaror daromad olishni boshlaydi. Bir necha yil davomida nafaqat o‘z kapital saqlab qolinadi, balki uni ko‘paytirish ham mumkin.

Agar ushbu mablag‘ yana qayta investitsiya qilinsa — vaqt o‘tishi bilan daromad yanada ortib boradi. Aynan shu — kelajakdagi kapitalni ko‘paytirishning asosiy tamoyilidir.

Bu yo‘lda eng muhimi — bozorni tahlil qilish va ishonchli investitsiya kompaniyasini tanlashdir. Shunday kompaniyalardan biri — Way II.

Way II tomonidan taklif etilayotgan investitsiya imkoniyatlari oldindan belgilangan yillik daromadlilik asosida amalga oshiriladi — yiliga 10% dan 15% gacha, bu ko‘rsatkich AQSh dollarida hisoblab chiqiladi. Dividendlar yiliga ikki marotaba to‘lanadi.

Bundan tashqari, Way II investitsiya modeli valyuta xavflaridan himoyalangan. Mablag‘ so‘mda kiritilganidan so‘ng darhol u AQSh dollariga bog‘lanadi. Shu sababli daromadlilik ham dollar ekvivalentida belgilanadi.

Kompaniya mijozlariga mamlakatdagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri — Akfa Aluminium Group’ning sherigi bo‘lish va sarmoya kiritish imkonini beradi. Investor daromadi ushbu kompaniyalarning foydasidan shakllanadi.

Way II investitsiya vositalari islomiy moliyalashtirish tamoyillariga to‘liq mos keladi, bu esa Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan. Ya’ni, mablag‘lar harom hisoblangan faoliyat turlariga yo‘naltirilmaydi.

Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78) 555-55-55
Sayt: waygroup.uz
Facebook: @Way ll Group
Instagram: @way_ll_group  
Telegram: @wayllgroup
Twitter: @way_ll_group  
LinkedIn: @wayllgroup 
YouTube: @Way_ll_Group 

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Paynet’dan Xolis foydalanuvchilari uchun keng ko‘lamli aksiya
/
Paynet’dan Xolis foydalanuvchilari uchun keng ko‘lamli aksiya
Ma’noli sovg‘alar ulashing: payme Yangi yil arafasida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda
/
Ma’noli sovg‘alar ulashing: payme Yangi yil arafasida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda
«Biz O‘zbekistonda mintaqaning fintech sohasidagi eng ilg‘or sun’iy intellekt steklaridan birini yaratmoqdamiz» — Oliver Xyuz
/
«Biz O‘zbekistonda mintaqaning fintech sohasidagi eng ilg‘or sun’iy intellekt steklaridan birini yaratmoqdamiz» — Oliver Xyuz