“Davr Business” — yuridik mijozlar uchun Oʻzbekistondagi ilk onlayn ekosistema
Joriy yilning noyabr oyida “Davr Bank” yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulaylik yaratish hamda moliyaviy xizmat ko’rsatish tizimlarini yanada avtomatlashtirish maqsadida zamonaviy internet-banking platformasi “Davr Business”ni ishga tushirdi
Joriy yilning noyabr oyida “Davr Bank” yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qulaylik yaratish hamda moliyaviy xizmat ko’rsatish tizimlarini yanada avtomatlashtirish maqsadida zamonaviy internet-banking platformasi “Davr Business”ni ishga tushirdi.
Ushbu ilovada korporativ hisoblarni samarali boshqarish, to‘lovlarni amalga oshirish va analitik usullardan foydalanish imkonini beruvchi qulay interfeysli va keng funksional hisoblanadi. Jumladan, ekosistemada hujjatlar aylanmasi, hisob-faktura, kassa kabi amaliyotlardan foydalanish mumkin.
“Davr Business” ilovasi afzalliklari:
- 24/7 tartibda ishlaydi: globallashuv davrida ushbu jihat juda muhim bo‘lib, 24/7 tartibi istalgan vaqtda istalgan amaliyotlarni ortiqcha vaqt va energiya sarflamasdan bajarish imkoniyatini yaratadi .
- to’lovlarni oson boshqarish va tasdiqlash: to’lovlarni xavfsiz ravishda telefon raqami yoki elektron pochtaga kelgan tasdiqlash kodi orqali istalgan joydan tasdiqlash mumkin.
- kredit to’lovlarini boshqarish: kredit shartlari va to’lov grafiklarini ko’rish, to’lovlarni qisman yoki to’liq amalga oshirish imkoniyati.
- oylik ish haqi to’lovlarini oson yuborish: “Uzcard”, “Humo” yoki“Upay” uchun alohida hujjatlar tayyorlash talab qilinmaydi.
- texnik qo’llab-quvvatlash xizmati: ilovani ishlatishda biror-bir muammo tugʻilgan taqdirda, online chat orqali bog’lanish va ularni bartaraf etish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, ilovadan ro’yxatdan o’tish jarayoni ham oson va qulay: tashkilot o’zining e-imzo kaliti, elektron pochta adresi va telefon raqamini kiritib platformaga masofaviy tarzda ulanishi mumkin.
“Davr Business” ilovasi moliyaviy masalalarni avtomatlashtirish va biznesini rivojlantirishga harakat qilayotgan korxonalar va tashkilotlar uchun kiberxavfsizlikni to’liq ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, “Davr Bank”da yuridik shaxslar uchun imtiyozli shartlarda kreditlar va qulay tariflar joriy etilgan. Sizham “Davr Bank” mijoziga aylaning va biznes faoliyatingiz uchun innovatsion takliflardan foydalaning.
“Davr Business” ilovani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Davr Bank – vaqt bilan sinalgan ishonch!
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: 1284
Sayt: davrbank.uz
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ