Mirziyoyev Chorvoq suv ombori bo‘yida quriladigan turizm markazining master-rejasi bilan tanishdi

Turizm markazi 10 ta kichik hududga bo‘lib qurilib, ko‘ngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi

Mirziyoyev Chorvoq suv ombori bo‘yida quriladigan turizm markazining master-rejasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turizm markazining master-rejasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi qulay investitsiya muhiti tufayli barcha sohalarga ilg‘or g‘oyalar kirib kelmoqda, yangi majmualar barpo etilmoqda. Xususan, turizmda so‘nggi yillarda 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O‘tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 mlndan oshdi. Birgina Toshkent viloyatining Bo‘stonliq hududida Amirsoy va Ugam River kabi kurortlar, “Beldirsoy—Chimyon—Nanay” turizm maskanlari tashkil etildi.

Bunday rivojlanish surʼati chet ellik investorlarni ham o‘ziga tortmoqda. Jumladan, Chorvoq suv ombori bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turizm markazi qurilishi haqida avval xabar berilgan edi. Bu galgi taqdimotda ushbu yirik loyihaning bir nechta xorijiy kompaniyalar ishtirokida ishlab chiqilgan master-rejasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, turizm markazini 10 ta kichik hududga bo‘lib qurish ko‘zda tutilmoqda. Ularning har biri piyoda borish mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Suv bo‘yida xiyobon, plyaj va dam olish joylari bo‘lsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoshagohlar bo‘ladi. Shuningdek, madaniyat, taʼlim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Yaʼni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yashash imkoniyati ham yaratiladi. 

Davlat rahbari bu loyiha barcha tashrif buyuruvchilarga qulay bo‘lishi lozimligini taʼkidlab, majmuani zarur infratuzilma bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
/
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi