“Chorsu” mehmonxonasi o’rniga $170 mlnlik yangi bino quriladi

Loyiha 2029-yilda yakunlanadi

“Chorsu” mehmonxonasi o’rniga $170 mlnlik yangi bino quriladi

2-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. 

Loyiha Germaniyaning “Tchoban Voss Architekten” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha doirasida yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar joylar barpo etiladi. 

Bu loyihada 2025-yildan qurilish ishlari boshlanib, 2029-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati $170 mlndan ko’proqni tashkil qiladi.

Rekonstruksiya jarayonida tashlandiq holdagi “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi. Ammo, nemis arxitektorlari tomonidan loyihalashtirilgan yangi majmua sobiq “Chorsu” mehmonxonasining umumiy konturini saqlab qoladi va hududning meʼmoriy dominantiga aylanadi. Binolardan birida mehmonxona tarixi va uning Toshkent arxitekturasida tutgan o‘rniga bag‘ishlangan muzey ochiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi