O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash orqali 1 trln so‘mlik mahsulot olish mumkin

Shuningdek, mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqtini onlayn kuzatish imkoni yaratiladi

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash orqali 1 trln so‘mlik mahsulot olish mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda yiliga 14 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Lekin ularni qayta ishlash darajasi past. So‘nggi yillardagi loyihalar natijasida bu endi 5% ga yetdi.

Xitoylik investorlar 6 viloyatda chiqindini yoqish orqali energiya ishlab chiqarish zavodlari qurmoqda. Davlat chiqindi utilizatsiyasi uchun to‘lov va hosil bo‘lgan energiyani sotib olish majburiyatini olgan. Toshkentda 2 ta tibbiyot chiqindisi yoqish korxonasi ishga tushdi, yana Samarqand va boshqa hududlarda qurilish rejalashtirilgan.

Maishiy chiqindilarning to‘rtdan biri qog‘oz, plastik, rezina, shisha, to‘qimachilik qoldiqlariga to‘g‘ri keladi. Qayta ishlash orqali yiliga 1 trln so‘mlik mahsulot olish mumkinligi aytildi.

Shuningdek, mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqti va harakatini onlayn ko‘rish imkoniyatini yaratish vazifasi qo‘yildi.

Ijtimoiy muassasalar va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqiladi. Aholida ekologik madaniyatni bog‘cha va maktabdan boshlab shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi uch yilda chiqindi tizimi uchun 2 trln so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilgan. Chiqindi korxonalariga 1,2 mingta yangi texnika olib kelindi. 200 ga yaqin sanitar-tozalash va 290 ta chiqindini qayta ishlash korxonalari ochildi.

Sanitar-tozalash hamda chiqindini qayta ishlash korxonalari uchun foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari 1% etib belgilandi.

Kapital.uz avvalroq 2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlari 50% ga qisqartirilishi haqida xabar bergandi. Ular hududida 30 yil muddatga ekosanoat zonalari tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
/
Bojxona organlari to‘lovli xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi
/
O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 16,4% ga oshdi
Kredit rasmiylashtirishda qarz oluvchilar maxsus chek-list to‘ldirishi lozim bo‘ladi
/
Kredit rasmiylashtirishda qarz oluvchilar maxsus chek-list to‘ldirishi lozim bo‘ladi