O‘zbekistonda chegara bo‘yicha elektron navbat va Fast-Track tizimi joriy etiladi
Tezlashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish uchun qo‘shimcha to‘lov olinadi
Фото: Daryo.uz
2025-yil 29-yanvarda hukumat fuqaralarning chegara orqali harakatlanishi hamda tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish tartibini yanada sodda-lashtirishga qaratilgan qarorni qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, “Elektron navbat” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda, avtotransport vositalarining Davlat chegarasidan o‘tish punktidan harakatlanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Bunda xizmatdan foydalanish uchun vakolatli shaxs Bojxona qo‘mita-sining rasmiy veb-sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida navbat olishi mumkin.
Avtotransport vositasi navbatlarni boshqarish tizimida belgilangan vaqtda yetib kelmaganda, olingan elektron navbat o‘z kuchini yo‘qotadi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, “Jismoniy shaxslarning Davlat chegara-sidan o‘tish punktidan harakatlanishida “Fast-track” xizmatidan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi” nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, xizmatdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxsning vakili Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti yoki elektron to‘lov tizimlari orqali harakatlanishdan oldin elektron yoki o‘t-kazish punktiga harakatlanish vaqtida og‘zaki ravishda murojaat qiladi.
Xizmatdan foydalanadigan shaxslar hamda ularning qo‘l yuklari va baga-jlari nazorati ushbu xizmat uchun ajratilgan alohida joylarda davlat nazorati organlari tomonidan navbatsiz amalga oshiriladi, mazkur xizmatdan foydalanayotgan jismoniy shaxslar navbati bundan mustasno.
Xizmatdan foydalanish uchun to‘lov 18 yoshga to‘lgan har bir jismoniy shaxs uchun navbat olinadigan kundagi BHMning 15% i miqdorida to‘lanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ