Buyuk Britaniyada O‘zbekiston fuqarolariga mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

Migratsiya agentligi bu haqdagi memorandumni imzoladi

Buyuk Britaniyada O‘zbekiston fuqarolariga mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari uchun Buyuk Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshirilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, London shahrida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmanov hamda Britaniyaning Association of Labour Providers (ALP – Mehnat ta’minotchilari uyushmasi) bosh direktori David Kemp bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish hamda ularni xavfsiz va tashkillashtirilgan holda ishga yollash yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz, deya ta’kidlagan ALP direktori David Camp.

Behzod Musayev Britaniyaning Gangmasters and Labour Abuse Authority (GLAA — Mehnatni suiiste’mol qilishga qarshi kurashish tashkiloti) bosh direktori Eliza Makeffri bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv natijasida Migratsiya agentligi va GLAA o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning bir qator rekruting kompaniyalarini jalb qilgan holda, O‘zbekistonga beriladigan mehnat kvotalarini ko‘paytirish hamda u yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan o‘zbekistonliklar huquqlarini himoya qilish imkoniyati kengayadi.

Association of Labour Providers — Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va manfaatlarini qo‘llab quvvatlovchi tashkiloti. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniyalar a’zo.

Gangmasters and Labour Abuse Authority — Buyuk Britaniyaning davlat nazorat organi hisoblanib, u qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi xususiy bandlik va rekruting agentliklariga lisenziya beruvchi va ularni faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda iyenadan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
2026-yilda mahalla infratuzilmasi uchun $400 mln ajratiladi
/
2026-yilda mahalla infratuzilmasi uchun $400 mln ajratiladi
Yil boshidan buyon “AAA” reytingiga ega tadbirkorlarga 1,8 trln so‘m QQS 1 kunda qaytarildi
/
Yil boshidan buyon “AAA” reytingiga ega tadbirkorlarga 1,8 trln so‘m QQS 1 kunda qaytarildi