Toshkent va Buxoro o’rtasida yana bir poyezd qatnay boshlaydi

Ushbu poezdlar haftasiga uch marta qatnaydi

Toshkent va Buxoro o’rtasida yana bir poyezd qatnay boshlaydi

Joriy yilning 23 avgustidan boshlab «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo’nalishi bo’yicha qo’shimcha «Afrosiyob» elektr poyezdlari ishga tushiriladi. Bu haqda transport vazirligi xabar bermoqda.

Ushbu poezdlar haftasiga uch marta qatnaydi: juma, shanba va yakshanba.

Harakat jadvali:

№778 sonli poyezd — sonli «Toshkent-Buxoro» poyezdi Toshkentdan soat 6:59 da jo’naydi va Buxoroga soat 11:05 da yetib keladi;

№777 sonli poyezd — «Buxoro-Toshkent» poyezdi Buxorodan soat 16:12 da jo’naydi va Toshkentga soat 20:20da yetib keladi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan boshlab «Nasaf», «Sharq», «O’zbekiston» mahalliy yo’lovchi poyezdlariga chiptalar narxi 25%ga oshdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda avgust oyida uy-joy bozori faolligi sekinlashdi
/
O‘zbekistonda avgust oyida uy-joy bozori faolligi sekinlashdi
Rossiya Markaziy Banki asosiy stavkani 17%gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy Banki asosiy stavkani 17%gacha pasaytirdi
Sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari O‘zbekistonda 8 trln so‘mdan oshdi
/
Sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalari O‘zbekistonda 8 trln so‘mdan oshdi