2026-yildan mamlakatda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi

Shuningdek, 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi ma’lum qilindi

2026-yildan mamlakatda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etiladi

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilishini e’lon qildi.

Bunda tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:

  • elektron raqamli imzo beriladi;
  • bankda hisobraqam ochiladi;
  • xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
  • kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
  • shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.

Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.

Shuningdek, kelgusi yildan 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi belgilandi.

Xususan, auditorlik tashkilotlari, turizm sohasidagi hunarmandlar, turistik axborot markazlari, transport texnik ko‘rigini amalga oshiradigan tadbirkorlar xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

Hozirda litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibi buzilganda, korxonaga ham, uning rahbariga ham jarima qo‘llanmoqda.

Endi bunday holatlar uchun faqat korxona jarima to‘laydi, mansabdor shaxs javobgarligini esa boshqaruv organi mustaqil hal qiladi.

Kapital.uz avvalroq Davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar eksport qarzdorligidan vaqtincha ozod qilinishi haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda biznesga oson investitsiya kiritish uchun platforma yaratiladi
/
O‘zbekistonda biznesga oson investitsiya kiritish uchun platforma yaratiladi
Endilikda aylanma soliqdan QQSga o‘tayotgan subyektlar bir yil foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi
/
Endilikda aylanma soliqdan QQSga o‘tayotgan subyektlar bir yil foyda solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi
2029-yilgacha O‘zbekistonda 5 ming gektar yer mehmonxonalar uchun auksionga chiqariladi
/
2029-yilgacha O‘zbekistonda 5 ming gektar yer mehmonxonalar uchun auksionga chiqariladi