Davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar eksport qarzdorligidan vaqtincha ozod qilinadi

To‘qimachilikda eksport oldi moliyalash tizimi uchun $200 mln yo‘naltiriladi

Davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar eksport qarzdorligidan vaqtincha ozod qilinadi

Kapital.uz avvalroq ma’lum qilganidek, ayni vaqtda Prezident Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilishicha, davlat ulushi bo‘lmagan korxonalarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi.

Endilikda import jarayonida muvofiqlik sertifikatlari har bir partiyaga emas, shartnomada ko‘rsatilgan hajm uchun beriladi.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, tez kunlarda to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi va buning uchun $200 mln yo‘naltiriladi.

Bu elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari to‘liq ishga solinmagan sohalar uchun ham joriy etiladi.

Ushbu sohalardagi tadbirkorlarni aylanma mablag‘i uchun $500 mln beriladi.

Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotiga “O‘zbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasi boshlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi