O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi — Turizm qoʻmitasi 

2025-yilning yanvar-fevral oylarida esa 1,3 mln nafar turist kelgandi

O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi — Turizm qoʻmitasi 

2025-yilning aprel oyida O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda  Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investitsiyalar jalb etilishi, vizasiz rejimlarni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz jozibadorligini yanada oshirmoqda. Bu raqam nafaqat tarixiy natija, balki mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasi”, — deyiladi xabarda.

Qoʻmita kelgusida ham turizm sohasini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytirish hamda ekologik va barqaror turizm yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonni jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo‘nalish sifatida mustahkamlash maqsad qilinganini qayd etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-fevral oylarida jami 1,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 361,2 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi