Bir yilda “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 45 barobarga oshdi

Shuningdek, tadbirkorlarning 1,8 trln so‘mlik QQS summasi keshbek sifatida qaytarilgan

Bir yilda “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 45 barobarga oshdi

2024-yildan buyon Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi orqali “AAA” toifadagi tadbirkorlar soni 45 barobarga oshgan. Bunday toifadagi tadbirkorlarning 1,8 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan. 

Savdo-sanoat palatasi reyting bilan yil davomida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi

Xabarda aytilishicha, tadbirkorlar subyektlarini faoliyatini tekshirishlar soni 2 barobarga kamayib, korxonalarda ishchi xodimlar soni 2,7 barobarga oshgan. 

Soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etayotgan tadbirkorlar soni 53,5 mingtaga ortdi. Quyi “D” toifadagi tadbirkorlar soni 2 barobarga qisqardi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi davomida Senat yuqori barqarorlik reytingiga ega biznes uchun soliq imtiyozlarini tasdiqlagan edi

Keyinchalik, 2024-yil 1-fevraldan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish haqidagi Prezident qarori imzolangan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi