Bugun qayerga investitsiya qilish maqsadga muvofiq: kapitalga yoki barqaror daromadga

Barqaror to‘lovlar yoki kapital o‘sishi: investor bugun o‘z moliyaviy kelajagini ishonch bilan qurishi uchun qaysi yo‘lni tanlashi kerak

Bugun qayerga investitsiya qilish maqsadga muvofiq: kapitalga yoki barqaror daromadga

Jadal rivojlanayotgan iqtisodiy sharoitda deyarli har bir inson oziga savol beradi: mablag‘ni qayerga yo‘naltirish kerak, toki kapital ortib, moliyaviy maqsadlarga erishish mumkin bo‘lsinxoh uy yoki avtomobil xaridi, xoh farzandlar ta’limini ta’minlash. Bugungi kunda investor oldida ikki asosiy yo‘l mavjud: oldindan belgilangan tartibda barqaror daromad olish yoki kapitalga sarmoya kiritib, real biznesning o‘sishi bilan birga foyda ko‘rish. Har bir yondashuvning o‘ziga xosafzalliklari, xatar va mas’uliyatlari bor. Eng muhimio‘z moliyaviy kelajagingizni qanday tasavvur qilayotganingizni aniq belgilab, to‘g‘ri qaror qabul qilishdir.

Belgilangan daromad: barqaror pul oqimlarining ishonchliligi

Belgilangan daromadli investitsiyalar ko‘proq xotirjamlik va barqarorlikni afzal ko‘radiganlar uchun mos keladi. Bunda hammasi aniq: siz mablagkiritasiz va bir oy, yarim yil yoki bir yil o‘tgach, kompaniyaning moliyaviy holatidan qat’i nazar, belgilangan miqdorda foyda olasiz.

Bunday yondashuvning afzalligi shundaki, siz qancha va qachon daromad olishingizni oldindan bilasiz. Ammo kamchiligi ham mavjud: daromad odatda cheklangan bo‘ladi va biznes kengayib, qo‘shimcha foyda keltirsa ham, sizning stavkangiz o‘zgarmaydi. Shunday ekan, uzoq muddatda kapital o‘sishi biznesga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritish bilan solishtirganda sekinroq kechadi.

Kapitalga sarmoya: cheksiz daromad imkoniyatlari

Kapitalga investitsiya qilish butunlay boshqacha tamoyil asosida ishlaydi. Siz mablagkiritib, kompaniyaning sherik egasiga aylanasiz. Bu holda daromad kompaniya foydasidan to‘lanadigan dividendlar va sizning ulushingiz qiymatining oshishi hisobiga shakllanadi. Vaqt o‘tishi bilan ushbu ulushni yuqori narxda sotib, sezilarli natijaga erishish mumkin.

Bunday yondashuv daromadini bosqichma-bosqich oshirishni va uzoq muddatli istiqbolni ko‘zlaydigan investorlar uchun ayniqsa jozibador hisoblanadi. Kapitalni to‘g‘ri taqsimlash orqali atigi 2–3 yil ichida investitsiyalarni sezilarli darajada ko‘paytirish mumkin. Dividendlarni muntazam qayta investitsiya qilish esa bu o‘sishni yanada tezlashtiradi.

Way II: real biznesga investitsiya

O‘zbekistonda kapitalga sarmoya kiritishning eng yorqin misollaridan biriWay II kompaniyasi hisoblanadi. U orqalisiz yirik sanoat korxonasiAkfa Aluminium Group kompaniyasining sherik egasiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Mazkur korxona mahsulotlari bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Investitsiyani atigi 14 300 000 so‘mdan boshlash mumkin. Yillik kutilayotgan daromad esa 10–15% atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich xorijiy valyutada hisoblanadi. Mablag‘larni boshqarish juda qulay: buning uchun maxsus Way Invest mobil ilovasi ishlab chiqilgan. U orqali siz daromadlaringizni kuzatishingiz, ikkilamchi bozorda ulushlarni sotib olish yoki sotishingiz, shuningdek, muhim ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lishingiz mumkin. Daromad yiliga ikki marta to‘lanadi. Istasangiz, uni yechib olishingiz yoki qayta investitsiya qilib, kapitalingizni tezroq oshirishingiz mumkin.

Alohida ta’kidlash joizki, Way II orqali amalga oshiriladigan barcha investitsiyalar islomiy moliya tamoyillariga to‘liq mos keladi. Mablag‘laringiz alkogol, qimor yoki boshqa taqiqlangan sohalarga yo‘naltirilmaydi. Ushbu model Islamic Finance Consulting Board tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, jarayonning halolligi va shaffofligiga qo‘shimcha kafolat beradi.

Way II orqali investitsiya qilishbu nafaqat mablag‘ni saqlash, balki uni ko‘paytirish va ishonchli hamda muvaffaqiyatli biznes rivojiga hissa qo‘shish demakdir. Bu qulay, xavfsiz va investitsiya bilan endigina tanishayotganlar uchun ham tushunarli jarayondir. Way II har bir inson uchun katta loyihaning bir qismiga aylanish va moliyaviy kelajakni bugundan barpo etish imkoniyatini taqdim etadi.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1

Telefon: +998 (78) 555-55-55

Sayt: wayll.uz

Facebook: @Way-ll-Group

Instagram: @way_ll_group

Telegram: @wayllgroup

Twitter: @way_ll_group

LinkedIn: @wayllgroup

YouTube: @Way_ll_Group

Reklama huquqlari asosida

 

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin
/
Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin
OSON birinchi investitsiya bosqichiga kirishmoqda va global kengayishni tezlashtirmoqda
/
OSON birinchi investitsiya bosqichiga kirishmoqda va global kengayishni tezlashtirmoqda
Innovatsiyalar sari yuqoriga: Shanghai Mitsubishi Elevator va TEXNOPARK hamkorlik yo‘lini boshladi
/
Innovatsiyalar sari yuqoriga: Shanghai Mitsubishi Elevator va TEXNOPARK hamkorlik yo‘lini boshladi