Markaziy bank bankomatdagi muvaffaqiyatsiz operatsiyalarni tezroq qaytarish talabini kiritdi

Barcha banklarda texnik nosozliklarni bartaraf etish va mijozlarga kompensatsiyalarni avtomatik to‘lash tizimi joriy etiladi

Markaziy bank bankomatdagi muvaffaqiyatsiz operatsiyalarni tezroq qaytarish talabini kiritdi

O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga bankomat infratuzilmasi sifatini oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishni topshirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bank o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallaridan foydalanishda fuqarolar duch kelayotgan asosiy muammolarni tahlil qildi.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar eng ko‘p hisobdan mablag‘ yechib olingani, biroq naqd pul berilmagani, mablag‘larni qaytarish muddatlari cho‘zilishi hamda amalga oshirilmagan operatsiyalar uchun komissiya undirilishidan shikoyat qilmoqda.

Shuningdek, banklar kartaning ushlab qolinishi sabablari bo‘yicha ma’lumot bermasligi va fuqarolarni bitta masalani hal qilish uchun turli tashkilotlarga yo‘naltirishi holatlari ham aniqlangan.

Endilikda moliyaviy tashkilotlar bankomatlar faoliyati, naqd pul berilmagan holatlar yoki kartaning ushlab qolinishi bilan bog‘liq murojaatlarni ustuvor tartibda ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi. Texnik xatoliklar aniqlangan taqdirda banklar uzoq surishtiruvlarni kutmasdan, mablag‘larni proaktiv tarzda qaytarishi shart. Muvaffaqiyatsiz bajarilgan operatsiyalar uchun undirilgan komissiyalar esa mijoz hisobiga avtomatik tarzda qayta tiklanadi.

Markaziy bank, shuningdek, xatolarni tezkor bartaraf etish uchun zamonaviy dasturiy yechimlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi. Banklar eskirgan uskunalarni bosqichma-bosqich yangilashi va naqd pulga talab yuqori bo‘lgan hududlarda bankomatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlashi lozim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
/
Bitcoin va Ethereum’ga institutsional qiziqish ortmoqda
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
/
1-sentabr O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi
/
Markaziy bank: O‘zbekiston kapital harakatini liberallashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqdi