O‘zbekistonda banklarda “islomiy oyna” joriy etiladi

Yangi moliyaviy instrumentlar orqali iqtisodiyotga $1 mlrdgacha investitsiya jalb etilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda banklarda “islomiy oyna” joriy etiladi

O‘zbekistonda tijorat banklarida islomiy moliya xizmatlarini joriy etish bosqichi boshlanmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, banklarda “islomiy oyna” tamoyili asosida alohida bo‘linmalar tashkil etiladi, 2030-yilgacha esa to‘liq islomiy banklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro moliya markazi va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish loyihasi bilan tanishar ekan, shariat tamoyillariga asoslangan moliyaviy xizmatlarga alohida e’tibor qaratdi.

Bank amaliyotiga quyidagi instrumentlar joriy etiladi:

  • muddatli to‘lov asosida savdo (murobaha);
  • foydani taqsimlash (muzoraba);
  • agentlik xizmatlari (vakala);
  • oldindan to‘lov asosida savdo (salam);
  • shuningdek, qo‘shma faoliyat va maxsus ijara mexanizmlari.

Sohani rivojlantirish uchun soliq siyosati ham qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, savdo ustamasiga QQS qo‘llanilmaydi, investitsion depozitlardan olinadigan daromadlar soliqlardan ozod etiladi. Islomiy ijara shartnomalari esa qonunchilikda moliyaviy lizingga tenglashtiriladi.

Tizimni tartibga solish uchun Markaziy bank huzurida maxsus kengash tashkil etiladi, banklarning o‘zida esa ichki nazorat tuzilmalari joriy qilinadi.

Rejalarga ko‘ra, 2026-yilda kamida bitta bankda “islomiy oyna” ishga tushiriladi. Keyingi to‘rt yil ichida esa ikki ta to‘liq islomiy bank faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlar orqali mamlakat iqtisodiyotiga qariyb $1 mlrd miqdorida qo‘shimcha depozit va investitsiyalar jalb etilishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Senat O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagan edi. Yangi tartib banklarga an’anaviy va islomiy moliyaviy xizmatlarni birgalikda ko‘rsatish imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston gaz qazib olishni kuchaytirib, Ustyurt loyihalarini kengaytiradi
/
O‘zbekiston gaz qazib olishni kuchaytirib, Ustyurt loyihalarini kengaytiradi
Naqd valyuta xaridida pasportsiz limit $500 gacha oshirilishi mumkin
/
Naqd valyuta xaridida pasportsiz limit $500 gacha oshirilishi mumkin
Markaziy bank fevralda 11 ta bankka jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank fevralda 11 ta bankka jarima qo‘lladi