O’zbekiston Markaziy banki fuqarolarning bank kartalari soniga limit kiritmoqchi

Limit 20 ta karta darajasida o'rnatilishi mumkin, shu jumladan virtuallar ham

O’zbekiston Markaziy banki fuqarolarning bank kartalari soniga limit kiritmoqchi

Markaziy bank jismoniy shaxslarga bitta bank kartasi taqdim etilishiga oid internetda tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda bankning rasmiy sahifasida xabar qilindi.

Shuningdek, hozirda banklar tomonidan bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va shubhali operatsiyalarning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

Natijada, jismoniy shaxslarga taalluqli bank kartalari sonini vaqtinchalik tartibga solish, ya’ni har bir bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa jami 20 tagacha belgilash imkoniyati muhokama qilinmoqda. Bu cheklov chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga tadbiq etilmaydi.

Ma’lumotlarga ko’ra, jismoniy shaxslarning qariyb 97% 5 tagacha bank kartasiga ega, 3% fuqarolarda 5–20 tagacha, hamda faqat 7 ming kishida 20 tadan ortiq kartalar mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi