O‘zbekiston Markaziy banki bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini chekladi

Tartib 2025-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar amal qiladi

O‘zbekiston Markaziy banki bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini chekladi

Markaziy bank bitta foydalanuvchiga beriladigan kartalar sonini chekladi.

Ma’lum bo‘lishicha, kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda umumiy 20 tagacha emissiya qilish mumkinligi bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan.

Bunda kartalar soni virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda belgilangan ammo, tartib chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga tadbiq etilmaydi.

Mazkur tartib xizmat doirasida foydalanish uchun bo‘lib, u tijorat banklariga ijro uchun jo‘natilgan.

Tartibni amal qilish muddati 2025-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar etib belgilangan.

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, rossiyaliklarning aksariyati — 97% (taxminan 22 million kishi) beshtagacha bank kartasidan foydalanadi. Taxminan 3% (770 ming kishi) besh- yigirmata kartaga ega, 0,03% (7 ming kishi) esa yigirmadan ortiq kartaga ega. Ayrim kartalar firibgarlik sxemalarida ishlatilayotgani aniqlangan bo‘lib, ko‘pincha ularning egalari bundan bexabar bo‘ladi.

Shuningdek, regulyatorning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan choralar fuqarolar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda noqulaylik tug‘dirmaydi. Cheklovlar banklarning karta chiqarish jarayonini optimallashtirish va ularning ishlatilishini nazorat qilishni kuchaytirishga qaratiladi. Markaziy bank ushbu tashabbuslarni ishlab chiqish yakunlangach, ularni jamoatchilik va OAV vakillari bilan muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarning bank kartalari soniga limit kiritishi haqida xabar berilgandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM