BAA o‘zbekistonlik taksi haydovchilarini yollash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Dastlabki bosqichda “Dubai Taxi Company PJSC”200 nafar mutaxassisni qabul qilishga tayyor

BAA o‘zbekistonlik taksi haydovchilarini yollash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

BAAning “Dubai Taxi Company PJSC” kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

O‘zbekiston bosh konsulxonasi xodimlari Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubai Taxi Company PJSC” korxonasi rahbari Sayid Amin Abdulrahman bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistondan malakali haydovchilarni BAAda qonuniy ravishda munosib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Sayid Amin Abdulrahman O‘zbekistondan tajribali haydovchilarni ishga jalb qilish jarayonini huquqiy tomondan qo‘llab-quvvatlashga, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Dastlabki bosqichda korxonamizga 200 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyatimiz bor. Agar ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana qo‘shimcha ravishda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilarini ishga jalb qilish mumkin, — dedi u.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Mehnat agentligi va “Dubai Taxi Company PJSC” korxonasi vakillari ushbu jabhadagi hamkorlikning keyingi bosqichlarini muhokama qilishga kelishib oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi