Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi

Bu haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan tasdiqlandi

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi

Bugun, 24-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabini qondirish, biznes muhitini yaratish va qonunchilikda mavjud bo‘lgan byurokratik to‘siqlarni liberallashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko’rib chiqildi

Deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingan mazkun qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutyapti.

Xususan, 2027-yil 1-sentabrga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi.

Affinaj korxonalariga zargarlik uchun qulay shaklda qimmatbaho metallarni sotish va suvenir tangalar ishlab chiqarish huquqi beriladi.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga xomaki mahsulotlarni boshqa ishlab chiqaruvchilarga sotish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini sotib olish vakolatli organga xabar berish tartibida amalga oshiriladi. 

Bundan tashqari, xorijda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlari tasdiqlanmagan holda sotish taqiqlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC O‘zbekistonda birinchi to‘liq raqamli biznes bank xizmatini ishga tushirdi
/
TBC O‘zbekistonda birinchi to‘liq raqamli biznes bank xizmatini ishga tushirdi
O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
/
O‘zbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
O’zbekistonda dollar kursi rekord darajaga ko’tarildi
/
O’zbekistonda dollar kursi rekord darajaga ko’tarildi