O‘zbekistonda avtomobillarni ekologik sertifikatlashtirish bekor qilindi
Shuningdek, elektromobillarning ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilindi. Bu haqdagi hukumat qarori qabul qilindi.
Mamlakatga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi g‘ildirakli yangi transport vositalarining ekologik talablarga muvofiqligi Vazirlar Mahkamasining 2027-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan. Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi hamda transport vositasining turini ma’qullash va muvofiqlik sertifikatlarida aks ettiriladi.
Elektr dvigatel bilan jihozlangan g‘ildirakli transport vositalarining (ichki yonuv dvigateli hamda elektr dvigatelda harakatlanuvchi avtomobillar bundan mustasno) ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.
May oyining boshlarida gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi. Ekologiya vaziri birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov bunga javoban amaldagi qonunchilikka ko‘ra, gaz, benzin va dizelda yuradigan mashinalardan ekologik sertifikat so‘ralishi, lekin elektromobillar bundan ozod qilinganini bildirdi. Gibrid mashinalar haqida esa aniq norma yo‘qligi sababli tushunmovchilik kelib chiqqan va sertifikat talab qilingan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ