Viloyatlararo avtobus va mikroavtobuslarga subsidiya beriladi

Utilizatsiya yig‘imidan imtiyoz yana 3 yilga uzaytirilib, mikroavtobuslarga ham qo‘llanadi

Viloyatlararo avtobus va mikroavtobuslarga subsidiya beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shaharlar va viloyatlararo jamoat transporti qatnovlarini jonlantirish zarurligi ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yig‘ilishda bu yo‘nalishdagi avtobus va mikroavtobuslar uchun yo‘lovchi boshiga subsidiya berilishi ma’lum qilindi. Avtobuslar uchun utilizatsiya yig‘imidan imtiyoz yana 3 yilga uzaytiriladi va mikroavtobuslarga ham joriy qilinadi. Turistik avtobus va mikroavtobuslar uchun bojxona bojidan imtiyoz uch yil davomida jamoat transporti uchun ham qo‘llanadi.

Bunda, tadbirkorlarga 2 ta shart qo‘yiladi — harakat grafigiga qat’iy amal qilish hamda elektron to‘lov tizimiga o‘tib, tushumlarni shaffof ko‘rsatib borish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi