“Avto Climate Control” MChJ ustav kapitalidagi 100% lik davlat ulushi sotildi

Endilikda “Best Pipe and Parts” 230 mlrd so‘mlik taklif bilan korxonaga egalik qiladi

“Avto Climate Control” MChJ ustav kapitalidagi 100% lik davlat ulushi sotildi

“Avto Climate Control” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda Davlat aktivlari agentligi.

Mart oyida agentlik “Avto Climate Control” MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini sotish boʻyicha ochiq savdo jarayonlari boshlangandi.

Xususiylashtirish jarayoni doirasida 4 nafar investor “Portfolio Investments” Konsultantiga sotib olishga qiziqish bildirgan ariza topshirdi. Ularning barchasi keyingi bosqich — majburiyatga ega takliflar (BO) taqdim etish jarayonida ishtirok etishga taklif qilindi.

Bu bosqichda talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risida bitim (NDA) imzolandi. Shundan so‘ng, Konsultant tomonidan tayyorlangan Aktivga oid moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik tahlillar (due diligence) joylashtirilgan virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kirish imkoniyati yaratildi hamda ular Aktiv rahbariyati bilan uchrashishdi.

Belgilangan muddatda 3 nafar talabgor tomonidan majburiyatga ega takliflar taqdim etildi. Ular orasida “Best Pipe and Parts” MChJ 230 mlrd so‘m sotib olish to‘lovi bilan eng yuqori narxni taklif qilib, savdo g‘olibi deb topildi.

Xaridor “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga asosan, sotib olish summasining dastlabki 35% ini 1 oy ichida to‘laydi.

Bundan tashqari, xaridor quyidagi shartlarga rozilik bildirdi:

  • aktivning asosiy faoliyat turini kamida 10 yil davomida saqlab qolish;
  • “General Motors” (AQSh) tomonidan tasdiqlangan yetkazib beruvchilar bilan texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvlarga rioya qilish;
  • “General Motors” texnologiyalariga oid uskunalardan foydalanish bo‘yicha talablarni bajarish.

Taklif Konsultant tomonidan baholangan Aktiv narxining yuqori chegarasida bo‘lib, baholangan qiymatdan yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Xususiylashtirish natijalari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlandi. Davlat aktivlari agentligi barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi. Yakuniy bosqichdagi talabgorlarga natijalar bo‘yicha alohida xabarnomalar yuboriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2028-yilgacha polietilen granulalari uchun aksiz solig‘i qo‘llanilmaydi
/
O‘zbekistonda 2028-yilgacha polietilen granulalari uchun aksiz solig‘i qo‘llanilmaydi
O‘zbekistonda pul massasi 315,7 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda pul massasi 315,7 trln so‘mga yetdi
IIB Toshkentda ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalar firibgarlardan ogohlantirmoqda
/
IIB Toshkentda ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalar firibgarlardan ogohlantirmoqda