AVO bank talabalarga va bitiruvchilarga kasbga birinchi qadamni qo‘yishda ko‘maklashadi

Dastur doirasida AVO jamoasi universitetlarga tashrif buyuradi, karyera kunlarida ishtirok etadi, sayyor ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi

AVO bank talabalarga va bitiruvchilarga kasbga birinchi qadamni qo‘yishda ko‘maklashadi

AVO bank joriy yilning bahorida AVO Students Tour dasturini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu dastur doirasida talaba va bitruvchilar kasbni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Jonli uchrashuvlar, real keyslar va bir kun davomida ishga taklifni qo‘lga kiritish imkoniyati. Ya’ni o‘qish davridayoq karyeradagi ilk qadamlarini bosish uchun barcha sharoitlar.

Dastur doirasida AVO jamoasi turli universitetlarga tashrif buyurib, karyera kunlarida ishtirok etadi, mahorat darslarini o‘tkazadi va eng asosiysi amaliyot uchun talaba va bitiruvchilar orasida tanlovlarni tashkil etadi. Bularning barchasi bo‘lajak mutaxassislarga nafaqat nazariy bilim, balki haqiqiy professional muhitni his etgan holda ekspertlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lish va mamlakatning yetakchi moliya tashkilotlaridan birida ilk tajriba orttirish imkonini yaratadi.

Dasturning mantiqiy davomi sifatida One Day Offer formati yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘ziga xos tanlov kuni bo‘lib, unda AVO Students Tour dasturining avvalgi bosqichlaridan o‘tgan talabalar va bitiruvchilar kompaniya bilan tanishish jarayonidan stajyorlik taklifigacha yo‘lini atigi bir kun davomida bosib o‘tishadi. Mazkur loyiha yo‘lga qo‘yilganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsada, bankning kadrlar kapitalini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismiga aylanib ulgurdi. Bahor oylarida ushbu dastur 300 dan ortiq talabani jalb etgan, ulardan 25 nafari esa bankda amaliyot taklifini qabul qilishgan.

Loyihaning oktabr oyidagi bosqichi ham qizg‘in o‘tdi va yuzlab ishtirokchilarni o‘z ichiga jamladi. Stajyorlar amaliy vazifalarni bajarishdi, ekspertlar bilan suhbatlar o‘tkazishdi va oldilariga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘z yechimlarini menejerlarga taqdim etishdi. Natijada 17 nafar nomzod bankda amaliyot o‘tish taklifini oldi. Qolgan ishtirokchilarga esa loyihaning keyingi mavsumida qatnashish takliflari berildi.

One Day Offer — bu nafaqat ishga qabul qilish vositasi, balki yosh mutaxassislar bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish usulidir. Dastur bitiruvchilari mentorlar bilan aloqani saqlagan holda kelajakda bankning karyera imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Shunday qilib, AVO bank nafaqat malakali kadrlar tayyorlaydigan, balki mehnat bozorida yoshlar bilan ishlashning yangi standartlarini shakllantiradigan barqaror professional o‘sish ekotizimini yaratmoqda.

Reklama huquqi asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin
/
Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin
OSON birinchi investitsiya bosqichiga kirishmoqda va global kengayishni tezlashtirmoqda
/
OSON birinchi investitsiya bosqichiga kirishmoqda va global kengayishni tezlashtirmoqda
Innovatsiyalar sari yuqoriga: Shanghai Mitsubishi Elevator va TEXNOPARK hamkorlik yo‘lini boshladi
/
Innovatsiyalar sari yuqoriga: Shanghai Mitsubishi Elevator va TEXNOPARK hamkorlik yo‘lini boshladi