2024-yilda Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar xizmat sifati bo‘yicha 240 dan ortiq shikoyat qabul qildi

Xususan, iste’molchilarga 220 mln so‘mga yaqin mablag‘ qaytarilgan

2024-yilda Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar xizmat sifati bo‘yicha 240 dan ortiq shikoyat qabul qildi

Raqobat qo‘mitasiga 2024-yil davomida aviakompaniyalarning xizmat sifati talab darajasida emasligi bo‘yicha jami 240 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida iste’molchilar foydasiga 220 mln so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

Masalan, fuqaro S.T. 2024-yil 24-noyabr kuni soat 07:20 da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY-93 Toshkent-Namangan reysi uchun elektron aviachiptani xarid qilgan. Yo‘lovchi soat 06:00 da aeroportga kelgan, biroq reys dastlab soat 09:20 ga, keyin esa soat 10:20 ga kechiktirilgan. Natijada u 5 soat davomida kutish zalida qolgan, lekin kompaniya tomonidan kutayotgan yo‘lovchilarga dam olish xonasi, oziq-ovqat yoki ichimlik suvi taqdim etilmagan.

Qo‘mita ushbu murojaatni o‘rganib chiqib, haqiqatdan ham “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli HY-93 reysi 5 soat 54 daqiqaga kechiktirilganini aniqladi. Shundan so‘ng 22 nafar yo‘lovchi parvozdan voz kechgan va ularning aviachiptaga sarflagan mablag‘larini qaytarib berish choralari ko‘rildi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi 
/
2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi 
O‘zbekistonda ayrim tijorat banklari so‘nggi 12 oy davomida aktiv bo‘lmagan kartalarni bloklashni boshladi
/
O‘zbekistonda ayrim tijorat banklari so‘nggi 12 oy davomida aktiv bo‘lmagan kartalarni bloklashni boshladi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi