Talabalarga mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlariga chegirma e’lon qilindi

Chegirmalar aviaqatnovlar uchun 26-dekabrdan 11-yanvargacha, poyezdlar uchun 18-dekabrdan 12-yanvarga qadar amal qiladi

Talabalarga mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlariga chegirma e’lon qilindi

Uzbekistan Airways va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyalari Yangi yil arafasida talabalar uchun chiptalarga chegirmalar e’lon qildi.

Xususan, Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50% gacha chegirmalar joriy qiladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi.

Chegirma davlat ta’lim muassasasida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi. Bunday ma’lumotnomani quyidagi usullar bilan olish mumkin:

  • YAIDXP orqali onlayn;
  • ta’lim muassasasida;
  • yoki “O‘zbekiston Respublikasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMning elektron tasdiqnomasi shaklida.

Qayd etilishicha, yo‘lovchi tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 50% gacha chegirma qo‘llanilmaydi.

O‘zbekiston temir yo‘llari” esa respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qildi.

Barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarining temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi. Chegirma SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarini qamrab olmaydi.

Chiptalarni eticket.railway.uz sayti hamda Android va iOS ilovalari orqali elektron xarid qilish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tadbirkorlar uchun eng katta stress manbai kutilmagan tekshiruvlar va jarimalar bo‘lib qolmoqda — tadqiqot
/
Tadbirkorlar uchun eng katta stress manbai kutilmagan tekshiruvlar va jarimalar bo‘lib qolmoqda — tadqiqot
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
/
O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi