Toshkentdagi “Askiya” bozori ham vaqtincha yopildi

FVV xabariga ko'ra, cheklovlar tadbirkorlarning ish faoliyatiga to‘sqinlik emas, xavfsiz muhitni ta'minlash uchun joriy qilinmoqda

Toshkentdagi “Askiya” bozori ham vaqtincha yopildi

Toshkentdagi “Askiya” dehqon bozori yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani sabab vaqtincha yopildi. Bu haqda 9-aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya” dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgan joylar aniqlangan bo‘lib, bozorning umumiy holati talabga javob bermasligi sababli bozor elektr energiyasidan uzildi va ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Bu olib borilayotgan barcha tadbirlar tadbirkorlarning ish faoliyatiga to‘sqinlik qilish emas, aksincha, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va shu bilan bir qatorda insonlar ko‘p yig‘iladigan joylarda xavfsiz muhitni ta’minlashdir”, deyiladi vazirlik xabarida.

8-aprel kuni Toshkentning Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida joylashgan yirik bozorlarda davlat yong‘in nazorati tekshiruvlari o‘tkazilgandi. Chilonzor buyum bozori, Eski Juva dehqon bozori hamda Aviasozlar dehqon bozorida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Jumladan, ochiq holatda qolgan elektr simlari, yong‘in xavfini oshiruvchi nosoz holatlar, yong‘in o‘chirish tizimlarining ishlamasligi yoki ba’zi joylarda umuman mavjud emasligi qayd etilgan. Aniqlangan kamchiliklar asosida bozorlarning ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan.

5-aprel kuni Chilonzor tumanida joylashgan bozorda yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilayotgani bilan bog‘liq tekshiruvlar yanada kuchaytirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining bildirishicha, bu kabi tekshiruvlar yil davomida doimiy davom etib boradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
Vakolatli organlarning ruxsatisiz ko‘p qavatli uy qurishga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
/
Vakolatli organlarning ruxsatisiz ko‘p qavatli uy qurishga ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
“Olmaliq KMK”dan ekologik zarar uchun 48 mlrd so‘m jarima undiriladi
/
“Olmaliq KMK”dan ekologik zarar uchun 48 mlrd so‘m jarima undiriladi