Xasan Raxmatov “Asia Alliance Bank” ATB kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

U bunga qadar “Poytaxt bank” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan

Xasan Raxmatov “Asia Alliance Bank” ATB kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2024-yil yanvar oyidan “Poytaxt bank” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xasan Raxmatov “Asia Alliance Bank” ATB kuzatuv kengashi raisi etib saylandi. 

Raxmatov bank sohasida 17 yillik tajribaga ega. U mehnat faoliyati davomida — 2008-2013 yillarda Aloqabankda, 2013-2016 yillarda Markaziy bankda turli lavozimlarda, xususan rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2016-yildan 2024-yilgacha AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Raxmatov 1985-yil, Samarqand shahrida tug‘ilgan. 2006-yil Toshkent moliya institutini — bakalavr bosqichini, 2008-yil ushbu institutni magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2011 -yilda “iqtisod fanlari nomzodi”, 2020-yilda “iqtisod fanlari doktori” ilmiy darajalarini olgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

1-iyundan Maskat-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
/
1-iyundan Maskat-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda logistika xodimlarining 64 foizi ishda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
/
O‘zbekistonda logistika xodimlarining 64 foizi ishda sun’iy intellektdan foydalanmoqda
O‘zbekiston gaz qazib olishni kuchaytirib, Ustyurt loyihalarini kengaytiradi
/
O‘zbekiston gaz qazib olishni kuchaytirib, Ustyurt loyihalarini kengaytiradi