Asakabank Yakkasaroydagi binosi auksionga qo‘yildi

Arizalar 27-yanvarga qadar qabul qilinadi

Asakabank Yakkasaroydagi binosi auksionga qo‘yildi

Asakabank Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasida joylashgan bank binosini auksion orqali sotuvga qo‘ydi

Ushbu binoda avval bankning Avtotransport filiali, bank bosh ofisining bir nechta bo‘linmasi faoliyat yuritgan.

Lotning boshlang’ich narxi (QQS bilan) 178,7 mlrd so‘mni, garov miqdori esa 1,7 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Birinchi qadam bahosi 9,9 milliard so‘mdan ortiqroq.

Auksion savdolari oshirib borish usuli bilan amalga oshirladi. e-auksion platformasi orqali arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 27-yanvarga 9:00 ga qadar belgilangan. Shundan so‘ng, savdo jarayonlari boshlanadi. 

Sotuvga qo‘yilgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,09 gektar, binoning umumiy maydoni esa 7,7 ming kvadrat metrdan iborat. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
/
Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” brendi nomidagi shou-rum ochildi
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
/
Qirg‘iziston O‘zbekiston bergan ikki yer uchastkasini davlat mulkiga oldi
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi
/
“Anorbank” aksiyador o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq voqeaga izoh berdi