“Asaka bank” farmatsevtika sohasi rivoji uchun $10 mlnlik venchur kompaniya ochadi

Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarishni oshirish uchun xorijdan $400 mln jalb qilinadi

“Asaka bank” farmatsevtika sohasi rivoji uchun $10 mlnlik venchur kompaniya ochadi

“Asaka bank” tomonidan farmatsevtika sohasida yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun $10 mlnlik venchur kompaniya ochiladi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Startap loyiha chetdan qancha mablag‘ jalb qilsa, mazkur kompaniya shuncha pulni qo‘shimcha ekspertizasiz beradi.

Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasterida farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida, “Asaka bank” va Farmatsevtika agentliga yirik mahalliy korxonalar bilan birga 2025-yilda keng iste’mol qilinadigan 200 turdagi dori vositalarini o‘zlashtirish hamda ishlab chiqarishni 2 barobar oshirish bo‘yicha dastur tayyorlash topshirildi. Bunday loyihalarga xorijdan  $400 mln jalb qilinadi.  

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Asaka bank”ka sohani rivojlantirish uchun $100 mln kredit liniyasi ochilgan. Endi bu malag‘ lizing uchun ham beriladi.

Kelgusi yilda “Asaka bank” ishtirokida har biri 5 gektardan bo‘lgan dorivor o‘simliklar plantatsiyasi barpo etilib, ularni qayta ishlash bo‘yicha 5 ta namunaviy loyiha bajariladi.

Shuningdek, mahalliy farmatsevtika korxonalariga 2025-yil 1-yanvargacha berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3-yilga uzaytiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zRTXB” foydasi yanvar-mart oylarida 22,5% ga oshdi
/
“O‘zRTXB” foydasi yanvar-mart oylarida 22,5% ga oshdi
Senat tijorat banklarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
/
Senat tijorat banklarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Rossiya migrantlar uchun huquqiy maqomini rasmiylashtirish muddatini uzaytirdi
/
Rossiya migrantlar uchun huquqiy maqomini rasmiylashtirish muddatini uzaytirdi