AQSh O’zbekistondagi ikkita kompaniyaga sanksiyalar kiritdi

Ular Rossiya kompaniyalariga $190 minglik mahsulot yetkazib berishgan

AQSh O’zbekistondagi ikkita kompaniyaga sanksiyalar kiritdi

AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Rossiya harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish bilan bog‘liqligi taxmin qilinayotgan 275 ga yaqin  tashkilotlarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Ro’yxatga O‘zbekistonning ikki kompaniyasi “Uzstanex” va “The Elite Investment Group” ham kiritilgan.

Shuningdek, savdo tashkilotlarining yagona davlat reestridan “Uzstanex” 2018-yil iyul oyida ro‘yxatdan o‘tgan va “mexanik mashinalarning ulgurji savdosi” bilan shug‘ullanadi. Korxonaning ustav kapitali 65 mln so‘mni tashkil etadi. Kompaniyaning yagona asoschisi – Vasiliy Vitalievich Abramov, uning direktori Dmitriy Aleksandrovich Boysov.

“Elite Investment Group” esa 2024-yil yanvar oyida «ulgurji ixtisoslashtirilmagan savdo» korxonasi sifatida tashkil etilgan. Ustav kapitali 3 mln so‘m. Uning asoschisi va direktori Nodira Abdusattorovna Kazakboeva hisoblanadi.

AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, “Elite Investment Group” korxonasi 2024-yilning martidan may oyigacha Rossiya kompaniyalariga “CHPL” ro’yxatidagi mahsulotlardan taxminan $190 minglik qiymatdi hamda elektr transformatorlarini yetkazib bergan. “Turk Guclu Global” tashuvchi agent vazifasini bajargan.

Bundan oldin, o’zbekistonlik Maksim Zagornovga qarshi sanksiyalar kiritilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi