Angren shahriga 15 ta yangi avtobuslar olib kelindi

Yil davomida Toshkent viloyati uchun 170 ta yangi avtobuslarni xarid qilish rejalashtirilgan

Angren shahriga 15 ta yangi avtobuslar olib kelindi

Avvalroq, “ANGREN AVTO GROUP” MCHJ tomonidan Xitoydan 15 ta YUTONG rusumli avtobuslarni bank krediti asosida xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi

Transport vazirligi ma’lum qilishicha, avtobuslar kecha, 3-mart kuni olib kelingan. 

Yil davomida Toshkent viloyatining 7 ta shahrida brutto-shartnoma tizimi asosida 21 ta yo‘nalishida tashuvlarni tashkil etish maqsadida 170 ta yangi avtobuslarni xarid qilish rejalashtirilgan.

Kapital.uz, avvalroq, 2025-yilda Toshkentga mingta yangi avtobus olib kelinishi haqida xabar bergandi.

Brutto-shartnoma tizimi – yoʻnalishlarda cheklangan tariflarda yoʻlovchi tashish хizmatlari uchun “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi