18.3.2025 | 14:22
Silk Avia Toshkentdan Andijonga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi
Parvozlar 20-martdan seshanba va payshanba kunlari joriy qilinadi

Фото: пресс-служба Минтранса
20-martdan boshlab Silk Avia Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Aviaqatnovlar haftaning seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 11:20, Andijonga yetib borish soat 12:20;
- Andijondan jo‘nab ketish soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.
Chiptalar narxi bir tomonga 337 ming so‘mdan, borish va qaytish 674 ming so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni silk-avia.com saytidan, mobil ilovadan, mamlakatimizning barcha xalqaro aeroportlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilish mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ