“Alif” O‘zbekistonda ilk bor islomiy sukuk obligatsiyalarini joylashtirdi

Birinchi transh $50 mlnlik dastur doirasida $5 mlnni tashkil qildi

“Alif” O‘zbekistonda ilk bor islomiy sukuk obligatsiyalarini joylashtirdi

“Alif” fintech kompaniyasi $50 mlnlik dastur doirasida ilk transh — $5 mlnlik Sukuk al-Mudaraba obligatsiyalarini joylashtirdi. Bu O‘zbekiston tarixida islomiy sukuk obligatsiyalarining birinchi emissiyasi hisoblanadi. 

Sukuklar 3 yillik muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa xalqaro bozorida (Lyuksemburgda) joylashtirildi. Mablag‘lar xalqaro investorlardan jalb etilib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga yo‘naltiriladi. 

Bitimda quyidagi nufuzli hamkorlar ishtirok etgan:

  • Amber Investments Ltd (DIFC) – investitsiya maslahatchisi;
  • CBH Compagnie Bancaire Helvétique (Shveysariya) – yetakchi agent va investitsiya hamkori;
  • Morgan, Lewis & Bockius LLP – huquqiy maslahatchi.

“Biz islomiy obligatsiyalar kabi yangi moliyaviy vositalardan foydalangan holda O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini butun dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish faoliyatimizni davom ettirmoqdamiz. Sukuklarning xususiy joylashtirilishi Alif’ning mintaqada islom moliyasini rivojlantirishga intilishini tasdiqlaydi,” – deya izoh berdi Alif’ning O‘zbekistondagi bosh direktori Nuriddin Lafizov.

Ma’lumot uchun, 2014-yilda Abdulla Qurbonov, Firdavs Mirzoyev va Zuhursho Rahmatulloyev tomonidan asos solingan “Alif” bugungi kunda O‘zbekiston, Tojikiston va Pokistondagi loyihalari bilan Markaziy Osiyoning yirik xalqaro finteсh kompaniyalaridan biriga aylangan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go kompaniyasiga qarshi Uzum Market shikoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
/
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go kompaniyasiga qarshi Uzum Market shikoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi
/
Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badal to‘lash bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi