Turkiya “Akkuyu” AES qurilishiga 1,5 ming nafar o‘zbekistonlikni jalb etadi

Toshkent, Namangan va Sirdaryoda xorij talablariga mos kadrlarni sertifikatlash markazlari tashkil etiladi

Turkiya “Akkuyu” AES qurilishiga 1,5 ming nafar o‘zbekistonlikni jalb etadi

Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida Turkiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun professional malakani baholash markazlari ishga tushiriladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlik rahbari Behzod Musayevning Turkiyaga tashrifi doirasida “Arya” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, mutaxassislar malakasini tekshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Yangi markazlarda 25 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro standartlarga mos test sinovlari o‘tkazilib, sertifikatlar beriladi.

Joriy yil oxirigacha 1,5 ming nafar sertifikatlangan mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatida qurilayotgan “Akkuyu” atom elektr stansiyasiga yuborilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Turkiya Mehnat vazirligi bilan mamlakatda hujjatsiz ishlayotgan o‘zbekistonliklarni qonuniylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Endilikda uch yil yashagan fuqarolar rasmiy ishlash ruxsatnomasini olish imkoniga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, KSK Temizlik kompaniyasi bilan Anqaradagi yirik qurilish loyihalariga o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish bo‘yicha ham kelishuv tuzildi. Kompaniya bir yil davomida 2,5 ming nafargacha ishchini ishga qabul qilishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi
/
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi
Yangi Bank omonatchilariga to‘lovlar boshlandi
/
Yangi Bank omonatchilariga to‘lovlar boshlandi
O’tgan yilda O‘zbekistonda yollanma ishchilari ulushi 26,4% ni tashkil etdi
/
O’tgan yilda O‘zbekistonda yollanma ishchilari ulushi 26,4% ni tashkil etdi