“Air China” O‘zbekistonda muntazam parvozlar uchun ruxsat oldi

Parvozlar Toshkent—Pekin va Urumchi—Toshkent—Urumchi yo‘nalishlarida amalga oshiriladi

“Air China” O‘zbekistonda muntazam parvozlar uchun ruxsat oldi

Xitoyning “Air China” aviakompaniyasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

“O‘zaviatsiya” agentligining xabar berishicha, ruxsatnoma O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan berildi.

Parvozlar Toshkent—Pekin hamda Urumchi—Toshkent—Urumchi yo‘nalishlarida Boeing-737-800/8 (MAX) va Airbus-330-300/200 samolyotlarida amalga oshiriladi.

“Air China” — Xitoydagi eng yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lib, 1988-yilda tashkil etilgan. Kompaniya dunyoning 200 ga yaqin shahariga reyslarni amalga oshiradi. Uning havo kemalari parkida 500 dan ortiq samolyot bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi