“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini sotuvlarini to‘xtatdi

Avgust oyida sotib olingan ushbu rusumdagi avtobenzin sentabr oyida ham o‘z egalariga yetkaziladi

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini sotuvlarini to‘xtatdi

“O‘zbekneftgaz” 2025-yil 2-sentabrdan boshlab Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatganini e’lon qildi.

O‘z navbatida Ai-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi. Kompaniyaga ko‘ra, shu vaqtga qadar 1 000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 1 720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud.

Avgust oyida tadbirkor iste’molchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 rusumidagi avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentabr oyida ham o‘z egalariga yetkazib beriladi.

“O‘zbekneftgaz” iyul oyida bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) avtobenzin ishlab chiqarishga o‘tishi va sentabrdan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli avtobenzin joylashtirilishi rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmonida 2025-yil yakuniga qadar Ai-80 benzinidan foydalanish va sotishni cheklash uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilishi belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoyning “CNPC” kompaniyasi yer osti gaz omborlarini qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda
/
Xitoyning “CNPC” kompaniyasi yer osti gaz omborlarini qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda
O‘zbekistonda avtomobillarni bojxonada birovning nomiga o‘tkazish cheklanishi mumkin
/
O‘zbekistonda avtomobillarni bojxonada birovning nomiga o‘tkazish cheklanishi mumkin
Deputatlarga tashabbusli loyihalar uchun qariyb 500 mlrd so‘m ajratiladi
/
Deputatlarga tashabbusli loyihalar uchun qariyb 500 mlrd so‘m ajratiladi