Afg’oniston O’zbekistonga iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzini to’ladi

Mamlakat to'rt davlat oldidagi jami $627 mln qarzini to'ladi

Afg’oniston O’zbekistonga iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzini to’ladi

Afg’oniston milliy energetika kompaniyasi  Da Afghanistan Breshna Sherkat iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to’rt mamlakat, shu jumladan O’zbekiston oldidagi $627 mlnlik qarzini to’ladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, so’nggi ikki yil ichida Afg’onistonning O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eron oldidagi qarzlar to’planib qolgan, ammo endi bu qarzlar to’liq to’lanmoqda. Rasmiylardan birining so’zlariga ko’ra, bu qarzlar avvalgi hukumat davrida paydo bo’lgan.

Afg’oniston energiya ehtiyojlarining katta qismini qo’shni davlatlar — Eron, O’zbekiston va Turkmaniston orqali qamrab oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning Yevropa bozorlariga eksporti 23% ga oshdi
/
O‘zbekistonning Yevropa bozorlariga eksporti 23% ga oshdi
Yangi Bankda 171 mlrd so‘m miqdorida jamg‘arilgan zarar aniqlandi
/
Yangi Bankda 171 mlrd so‘m miqdorida jamg‘arilgan zarar aniqlandi
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar uchun “Turar joy” milliy axborot tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar uchun “Turar joy” milliy axborot tizimi joriy etiladi