O’zbekistonlik investorlar Afg’onistonning neft va gaz konlariga qiziqish bildirishdi

Rossiya va Qozoqiston kompaniyalari ham o'zlarining qiziqishlarini bildirdilar

O’zbekistonlik investorlar Afg’onistonning neft va gaz konlariga qiziqish bildirishdi

Rossiya, Qozog’iston va O’zbekiston kompaniyalari Afg’onistonning neft va gaz konlariga sarmoya kiritishga qiziqish bildirishdi. Bu haqda TOLONews xabar bermoqda.

Afg’oniston vazirlik vakili Humoyun Afg’on neft va gaz sektoriga xorijiy investitsiyalarni ma’qullashini aytdi. Yaqinda Rossiya va O’zbekistonning ikkita yirik kompaniyasi bunday investitsiyalarga qiziqish bildirishdi.

Markaziy Osiyo kompaniyalarining Afg’oniston neft va gaz sektoriga qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Biz yaqinda O’zbekiston kompaniyalari bilan uchrashuvlar o’tkazdik va investitsiyalarni jalb qilish uchun bir nechta neft va gaz obyektlarini, shu jumladan Hirotdagi konlarni e’lon qildik, — dedi u.

Savdo-investitsiya palatasi boshqaruv kengashi a’zosi Xan Yan Alokozayning qo’shimcha qilishicha, mamlakatga sarmoya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar o’z investitsiyalarini himoya qilish uchun iqtisodiy va bank xavfsizligiga muhtoj.

Afg’onistonda 200 ming kvadrat kilometrdan ortiq neft va gaz zaxiralari mavjud, ammo mamlakat ushbu resurslarga bo’lgan ehtiyojining deyarli 90%ni Markaziy Osiyo va Erondan import qilish orqali qondiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
/
YTTB “TBC Uzbekistan”ga $10 mlngacha kredit ajratadi
Toshkentda uy-joylarning investitsiyalar daromadliligi 12,2%gacha pasaydi
/
Toshkentda uy-joylarning investitsiyalar daromadliligi 12,2%gacha pasaydi
“Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent — Jidda yo’nalishida qatnovlarni boshladi
/
“Flyadeal” aviakompaniyasi 21-noyabrdan Jidda — Toshkent — Jidda yo’nalishida qatnovlarni boshladi