“Rosatom”ga qarshi sanksiyalar O‘zbekistondagi AES qurilishiga ta’sir qilmaydi

“Atomstroyeksport” vakili AES uchun zarur barcha asosiy uskunalar mustaqil ishlab chiqarilayotganini ma'lum qildi

“Rosatom”ga qarshi sanksiyalar O‘zbekistondagi AES qurilishiga ta’sir qilmaydi

“Rosatom” davlat korporatsiyasiga qarshi sanksiyalarning joriy etilishi O‘zbekistonda qurilayotgan atom elektr stansiyasi loyihasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda 23-dekabr kuni Forish tumanida bo‘lib o‘tgan jamoatchilik eshituvi doirasida “Atomstroyeksport” kompaniyasi vitse-prezidenti, O‘zbekistondagi AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov jurnalistlarga ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Gazeta muxbiri.

Bezrukov “Rosatom”ga nisbatan ehtimoliy sanksiyalar joriy etilishining Jizzax viloyatida qurilayotgan AES loyihasiga ta’siri haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

Birinchidan, biz “Rosatom” emas, balki mamlakat sifatida uzoq vaqtdan beri sanksiyalar ostidamiz. “Rosatom” allaqachon stansiyaning barcha muhim qismlarini o‘z ichida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shuning uchun bu sanksiyalarning joriy etilishi atom stansiyasi va uning qurilishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida O‘zbekiston va Rossiya Jizzaxdagi bo‘lg‘usi atom stansiyasi konfiguratsiyasini belgilaydigan hujjatlarni imzolagandi. Tomonlar reaktorlar uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish haqida ham kelishib olgan. Energobloklarni 2029−2035-yillar oralig‘ida ishga tushirish rejalashtirilgan. Kichik va yirik atom elektr stansiyasini joylashtirish orqali loyiha “megavatt-soat bo‘yicha eng tejamkor variant” bo‘lishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Noyabr oyida muammoli kreditlari hajmi 1,8 trln so‘mga kamaydi
/
Noyabr oyida muammoli kreditlari hajmi 1,8 trln so‘mga kamaydi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 13,2% ga oshdi
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 13,2% ga oshdi
“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse modelini ishlab chiqaradi
/
“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse modelini ishlab chiqaradi