«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  

ACCA moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi mutaxassislarni birlashtirgan Britaniya buxgalterlar assotsiatsiyasi hisoblanadi

«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi ACCA a’zosi bo‘ldi  

Toshkent shahrida Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) tashkilotining yangi a’zolarini taqdirlash va tashkilotning 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti direktori o‘rinbosari Sarvar Safarov ACCAning xalqaro buxgalteriya, moliya, audit va soliq fanlariga asoslangan barcha (13 ta) imtihonlarini ingliz tilida muvaffaqiyatli topshirganligi va ACCA tashkilotiga a’zo bo‘lganligi munosabati bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, ACCA moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi mutaxassislarni birlashtirgan Britaniya buxgalterlar assotsiatsiyasi hisoblanadi.
ACCA eng nufuzli va mukammal imtihonlardan iborat, shaxsning professional bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikatlardan biri hisoblanadi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» «Federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi» AJ bilan uchrashuv o‘tkazdi
/
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» «Federal yo‘lovchi tashish kompaniyasi» AJ bilan uchrashuv o‘tkazdi
Reklama shovqini davrida «Asl Baraka» brendi mahsulot haqida emas, qadriyatlar haqida so‘z ochmoqda
/
Reklama shovqini davrida «Asl Baraka» brendi mahsulot haqida emas, qadriyatlar haqida so‘z ochmoqda
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi
/
Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida poyezd qatnovlari soni oshirildi