Oʻzbekistonda 9,2 mlrd soʻmlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi 8 ta viloyatdagi noqonuniy xaridlar haqida ma'lumot berdi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Oʻzbekistonning 8 ta viloyatida davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Namangan viloyati, Mingbuloq tumani boʻlimining 1 ta 376 mln soʻmlik, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tuman obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 1,2 mlrd soʻmga yaqin, “Shahrisabz tuman yoʻllardan foydalanish” unitar korxonasining 1 ta 491 mln soʻmlik xaridida noqonuniy holatlar ochiqlangan.
Shu bilan birga quyidagi holatlarda:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 1 ta 28 mln soʻmlik;
- Nukus Muruvvat ayollar uchun internat uyining 1 ta 893 mln soʻmlik;
- “Oʻzdaverloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti Qoraqalpogʻiston respublikasi boʻlinmasining 1 ta 1 mlrd soʻmdan ortiq;
- Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining 1 ta 215 mln soʻmlik;
- Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining 1 ta 180 mln soʻmlik;
- Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filialining 1 ta 120 mln soʻmlik;
- Angor tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1 ta 1.8 mlrd soʻmga yaqin;
- Termiz tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1 ta 50 mln soʻmlik;
- Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filialining 1 ta 120 mln soʻmlik;
- Termiz tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 1 ta 50 mln soʻmlik;
- Xiva “Xiva ixtisoslashtirilgan maxsus internat uyi”ning 1 ta 1,9 mlrd soʻmlik;
- “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 3 ta 1 mlrd soʻmdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlangan.
Bunda ushbu tashkilotlar “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilishmagan, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar amalga oshirilgan.
Buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli taʼsir choralari qoʻllanildi. Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ